ALLOMALAR HAQIDA TEST

1.Muso al-Xorazmiy o‘zining qaysi asari bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos slogan?

Kitob surat ul-arz
Hind hisobi haqida
Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum
Al-jabr val-muqobala

2.Mashhur muhaddis Imom al-Buxoriy nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?

797-865-yillarda
810-870-yillarda
783-850-yillarda
824-894-yillarda

3.Beruniyning qaysi asarida yevropa va osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlariga tegishli taqvim tizimlari bayon qilingan?

Geodeziya
Xronologiya
Yulduz ilmi
Qonuni Mas’udiy

4.Muso al-Xorazmiyning geografiyaga oid asarini aniqlang.

Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola
Kitob surat ul-arz
Kitob at-tarix
Zij

5.Abu Ali ibn Sino qachon va qayerda tavallud topgan ?

973-yil Xorazm Kat qishlog’ida
1394-yil Samarqandda
980-yil Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida
783-yil Xiva shahrida

6.Buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?

797-865-yillarda
810-870-yillarda
824-894-yillarda
783-850-yillarda

7.« Sharq Arastusi » nomiga sazovor bo’lgan ulug’ alloma kim ?

Mirzo Ulug’bek
Beruniy
Aristotel
Forobiy

8.Muso al-Xorazmiy qaysi fanlarni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan?

Tarix va geografiya
Matematika, tabobat va tarix
Matematika, astronomiya va geografiya
Kalom ilmi

9.Beruniy asarlari tog’ri berilgan javobni aniqlang ?

Mineralogiya, Hindiston, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
Masʼud qonuni, Xamsa, Fozil odamlar shahri
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Ziji Jadidi Ko’ragoniy, Mineralogiya
Al-jabr val-Muqobala, Qonuni Mas’udiy, Farmakognoziya

10.Al-Farg‘oniy Yevropada qanday taxallus bilan shuhrat qozongan?

Algoritm
Alfraganus va Algoritm
Avitsenna
Alfraganus