ALLOMALAR HAQIDA TEST

1.Buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?

810-870-yillarda
824-894-yillarda
783-850-yillarda
797-865-yillarda

2.Muso al-Xorazmiy o‘zining qaysi asari bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos slogan?

Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum
Kitob surat ul-arz
Hind hisobi haqida
Al-jabr val-muqobala

3.Abu Ali ibn Sino qachon va qayerda tavallud topgan ?

980-yil Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida
973-yil Xorazm Kat qishlog’ida
1394-yil Samarqandda
783-yil Xiva shahrida

4.Al-Farg‘oniy Yevropada qanday taxallus bilan shuhrat qozongan?

Algoritm
Alfraganus va Algoritm
Avitsenna
Alfraganus

5.Beruniyning qaysi asarida yevropa va osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlariga tegishli taqvim tizimlari bayon qilingan?

Qonuni Mas’udiy
Xronologiya
Yulduz ilmi
Geodeziya

6.Beruniy asarlari tog’ri berilgan javobni aniqlang ?

Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Ziji Jadidi Ko’ragoniy, Mineralogiya
Mineralogiya, Hindiston, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
Masʼud qonuni, Xamsa, Fozil odamlar shahri
Al-jabr val-Muqobala, Qonuni Mas’udiy, Farmakognoziya

7.« Sharq Arastusi » nomiga sazovor bo’lgan ulug’ alloma kim ?

Aristotel
Mirzo Ulug’bek
Beruniy
Forobiy

8.Mashhur muhaddis Imom al-Buxoriy nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?

824-894-yillarda
783-850-yillarda
810-870-yillarda
797-865-yillarda

9.Muso al-Xorazmiyning geografiyaga oid asarini aniqlang.

Kitob surat ul-arz
Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola
Kitob at-tarix
Zij

10.Muso al-Xorazmiy qaysi fanlarni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan?

Matematika, tabobat va tarix
Matematika, astronomiya va geografiya
Tarix va geografiya
Kalom ilmi