Abu Mahmud Homid ibn al-Xidra al-Xo‘jandiy
(vafoti 1000 y.)

TARJIMAI HOL

Tug‘ilgan yili ma’lum emas. Ammo uning Farg‘ona vodiysi g‘arbida, Sirdaryo bo‘yidagi Xo‘jand shahrida tavallud topgani aniqlangan. Boshlang‘ich ta’limni o‘z vatanida olib, keyinchalik Eronning Ray shahrida Buvayhiy amiri Faxr ud-davla saroyida xizmat qilgan, 994 yilda o‘sha joyda astronomik kuzatishlar olib borgani ma’lum. Al-Beruniy Rayda bo‘lgan vaqtida bir muddat u bilan birga ishlagan va uni olim sifatida hurmat qilgan. Al-Xo‘jandiy qalamiga mansub sakkizta asar ma’lum bo‘lib, ular astronomiya, astronomik asboblar va geometriya masalalariga bag‘ishlangan.

Astronomik asbobsozlikka katta hissa qo‘shgan olim sifatida e’tirof etilgan. Xususan, uning Ray atrofida qurgan sekstanti (suds) mashhur bo‘lgan. Al-Beruniy al-Xo‘jandiyni o‘zining “Geodeziya” va “Qonuni Mas’udiy” asarlarida tavsiflab, asturlob va boshqa astronomik asboblarni yasashda uning tengi yo‘q deb ta’riflagan.

Ilmiy asarlari keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, fan tarixida “Faxriy sekstanti” nomi bilan mashhur bo‘lgan qurilma XIII asrda Nosiriddin Tusiyning Marog‘adagi mashhur rasadxonasi uchun andoza qilib olingan. XIX-XX asrlar G‘arb fan tarixchilaridan K. Brokkelman, Ye. Videman, G. Zuter, J. Sarton, F. Sezgin, B. Rozenfeld va boshqalar al-Xo‘jandiy ilmiy merosiga yuqori baho berganlar.

FILIMLAR
AUDIOLAVHALAR
FOTOGALAREYA
ELEKTRON KITOBLAR NUSXASI