Shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon
1858-1957 yy.

TARJIMAI HOL

1858 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Abdulmajidxon Eshon o‘z davrining taniqli olimi, obro‘li faqihi, Mo‘yi Muborak madrasasining mudarrisi bo‘lgan. Eshon Boboxon avval Buxorodagi Mir Arab, keyinchalik Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalarida tahsil olgan.

O‘qishni tugatgach, bir necha yil Mo‘yi Muborak madrasasida mudarris va Tilla Shayx masjidida imom xatib sifatida faoliyat yuritgan. Umrining oxirigacha bilimini tinimsiz oshirishga harakat qilib, tafsir, hadis, aqida, fiqh ilmlari bilimdoni bo‘lib yetishgan, o‘z davrining atoqli ulamosi hisoblangan.

Eshon Boboxon Bahouddin Naqshband taʼlimotini puxta o‘rgangan, naqshbandiya tariqatining namoyandalaridan bo‘lgan. 1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil etilib, Eshon Boboxon boshqarma raisi, muftiy etib saylangan. Shayx Eshon Boboxonning diniy boshqarmaga rahbarligi davrida: sobiq Ittifoq musulmonlari vakillarining haj safariga borishlari yo‘lga qo‘yildi; Mir Arab madrasasi qaytadan faoliyat boshladi; diniy boshqarmaning kutubxonasiga asos solindi; xorijiy musulmon davlatlari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatildi.

Eshon Boboxon 1957 yili Toshkentda vafot etgan. Hazrati Imom majmuasidagi Abu Bakr Qaffol Shoshiy qabri yaqiniga dafn etilgan.

FILIMLAR
O‘zbekistonning ilk muftiysi shayx Eshon Boboxon ibn Abdul Majidxon
SHAYX ESHON BOBOXON IBN ABDULMAJIDXON
Alloma Eshon Boboxon Hazratlarining shijoatlari.
AUDIOLAVHALAR

Shayx Eshon Boboxon ibn Abdul Majidxon

FOTOGALAREYA
ELEKTRON KITOBLAR NUSXASI