TARJIMAI HOL
Musulmon Sharqida mashhur tariqat piri, xojagon-naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (خواجه عبدالخالق غجدوانی) Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. U boshlang‘ich ta’limni G‘ijduvonda olib, 9 yoshidayoq Qur’oni karimni yod bilgan, 10 yoshidan boshlab darveshlarning zikr tushishlarida faol ishtirok etgan. Keyin tahsilni Buxoro shahrining mashhur madrasalarida davom ettiradi. Bu yerda u Imom Sadriddin ismli zamonasining yetuk allomasidan tafsir ilmini mukammal o‘rganadi.
Abdulxoliq 22 yoshida Buxoroga kelgan o‘sha davrning dongdor shayxi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048—1140) bilan uchrashib, unga shogird tushadi. Xojai Xizr uning saboq piri bo‘lsa, Xoja Yusuf suhbat va xirqa piriga aylanadi. Abdulxoliq G‘ijduvoniy ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga qaytib ketguniga qadar u buyuk zotning xizmat-mulozamatida bo‘lib, xojagon tariqatining usullarini mukammal egallaydi (xojagon tariqatini garchand Xoja Abdulxoliq asoslagan bo‘lsa-da, uning ilk urug‘lari Xoja Yusuf tomonidan tashlangan) va ko‘p o‘tmay o‘zi ham yirik tasavvuf olimiga aylanadi. Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida yozilishicha: «… alarning valoyati ul yerga yettiki, har vaqt namozda Ka’baga borurlar erdi. Alarning valoyati ko‘p erdi va Shomda alarg‘a ko‘p muridlar paydo bo‘ldilar».
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning tasavvuf tarixidagi buyuk xizmati yangi bir tariqatga asos solgani bilangina belgilanmaydi. Xojagon tariqati vositasida u tariqatni Muhammad payg‘ambar sunnatiga muvofiqlashtirdi, uni turli bid’atlar va botil qarashlardan tozaladi. Shariatga amal qilish, undan chekinmaslikni asosiy qoidaga aylantirdi. Tarkidunyochilik va xilvatni rad etib, jamoat bilan birga bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Olloh muhabbati deb dunyodan kechmaslikka da’vat qildi. Luqma halolligi — har kim o‘z mehnati bilan kun ko‘rishi zarurligini tariqatning asosiy talabi qilib belgiladi. Bu tariqat taqvo deb haddan oshishni ma’qullamaydi. Axloq masalasi qat’iy qilib qo‘yildi. Bularning barchasi tasavvuf taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xojagon-naqshbandiya real hayotiy shart-sharoitlar, insonning mavjud imkoniyatlariga asoslanganligi uning hamma zamonlar va barcha tabaqalar talabiga javob beradigan zamini mustahkam tariqat ekanligidan dalolat beradi. Shariat andozasiga solingan, bid’at va nuqsonlardan xoli Abdulxoliq G‘ijduvoniy yo‘lining asrlar davomida tariqatda hujjat va barcha guruhlarda maqbul, deb e’tirof etib kelinayotgani va Turkiston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Iroq, hatto Shimoliy Afrikada keng tarqalgan xojagon-naqshbandiya tariqatining hozirgi kunda ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotganligining sabablari shunda.
Abdulxoliq G‘ijduvoniy ustozi Yusuf Hamadoniy ta’limotini har tomonlama kengaytirib va chuqurlashtirib, xojagon tariqatining 8 rashha-qoidasini ishlab chiqdi (Keyingi tadqiqotlarning guvohlik berishicha, bu rashhalarning dastlabki to‘rttasi Yusuf Hamadoniyga tegishli.): hush dar dam, nazar bar qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, yoddosht.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy tasavvuf olamida mashhur ko‘plab shogirdlar tarbiyalab yetishtirgan. Uning vafotidan keyin xojagon tariqati Xoja Orif Revgariy (Mohitobon), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Sayyid Mir Kulol Buxoriy, Xoja Bahouddin Naqshband kabi o‘z zamonasining dongdor shayxlari tomonidan davom ettirilgan va keng shuhrat qozongan.
Abdulxoliq G‘ijduvoniy o‘z ta’limotini va’zlari orqali targ‘ib qilish bilan kifoyalanmay, bir qator risolalar ham yozgan. «Odobi tariqat» («Tariqat odobi»), «Risolai sohibiya» («Do‘stlik risolasi»), «Az guftori Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy» («Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ba’zi so‘zlari»), «Risolai shayx ush-shuyux hazrati Yusuf Hamadoniy» («Shayxlar shayxi Hazrati Yusuf Hamadoniy risolasi») asarlari shular jumlasidandir.
Abdulxoliq G‘ijduvoniy tasavvufiy risolalaridan tashqari, go‘zal so‘fiyona ruboiylar ijodkori sifatida ham ma’lum va mashhur. Lekin shayx-shoirning badiiy ijod namunalari bizgacha to‘liq yetib kelmagan. 1994 yili Tehronda chop etilgan «Ruboiynoma» to‘plamidan uning 8 ta ruboiysi o‘rin olgan. Xojaning «Vasiyatnoma»sida uning 4 ta ruboiysi keltirilgan. Yaqinda bosmadan chiqqan «G‘ijduvoniy ilm ahllari xotirasida» risolasida ham uning 5 ta ruboiysi nasriy tarjimasi bilan berilgan. Ulardan 2 tasini biz boshqa manbalarda uchratmadik. Biz ushbu 15 ruboiyni tarjima qilib, aziz o‘quvchilar e’tiboriga havola etishni lozim topdik. Mazkur ruboiylar yetuk tariqat pirining she’riy salohiyati ham baland bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ergash Ochilov
1
Gar bir kishidan dilda shikoyat bo‘lgay,
Dil og‘rig‘i undan benihoyat bo‘lgay,
Hech o‘ylama intiqom olishni, chunki
Yomonga yomonligi kifoyat bo‘lgay.
2
Bir lahza tilim tin olmasin shukringdan,
Bir lahza dilim to‘xtamasin fikringdan.
Har uzvi quloqqa aylanar jismimning
Har qayda so‘z ochsalar seshyug zikringdan.
3
Tokaygacha ishqingda, sanam, g‘am chekaman?
Tog‘dek bu ulug‘ g‘amni damodam chekaman.
Dil olguchi gar sensan-u, dil berguchi — men,
Yuz g‘am chekaman ko‘yingda, ming g‘am chekaman!
4
Zikr yetsa ko‘ngilga, u tamom dard bo‘lgay,
Ul zikr tufayli mardlar fard bo‘lgay.
Otashda agarchi xosiyat ko‘p, ammo
Ko‘nglingda sening ikki jahon sard bo‘lgay.
5
Bir yorki, uning nomidan ishq yog‘iladi,
Har nomayu payg‘omidan ishq yog‘iladi.
Kim ko‘chasidan o‘tsa — u oshiq bo‘ladi,
Go‘yo eshigu tomidan ishq yog‘iladi.
6
Bu jilvayu nozki, u dilafro‘z qilgay,
Oshiq balodan ne xilda parhez qilgay?
Gar ta’na yeli etsa qulog‘imni batang,
Ko‘nglimdagi ishq otashini tez qilgay.
7
Biz do‘stga muborakmiz-u, dushmanga-chi — shum,
Jang chog‘ida temirmiz-u, sulh onida mum.
G‘ijduvon tog‘i etagi bizga makon,
Lek hukmimiz ostida erur hattoki Rum.
8
Ochmay sira og‘zingni kula olsang soz!
Ko‘zsiz yana dunyoni ko‘ra olsang soz!
O‘ltir-da, safar ayla, oyoq zaxmatisiz —
Er kurrasini agar keza olsang soz!
9
Ey bahri ulumga yot, makoni — sohil,
Bahr ichra farog‘at, sohil — dushmani dil.
Har ikki jahonni(ng) mavjidan mast o‘lma,
Har ikki nafasda qolma bahrdan g‘ofil.
10
Umringki, o‘tar ekan, muruvvat ayla,
Qo‘lingki, tutar ekan, saxovat ayla.
O‘z hosilini o‘zi o‘rar har kimsa,
Bas, parvarishi uchun riyozat ayla.
11
Ey pok so‘fiy, qilsang agar mayli samo’,
Bil, keltiradi samo’ nifoq birla nizo.
Bas, pok bo‘layin desang, samo’ni tark et,
Yoinki, diling hayotiga ayla vido.
12
Mayl etma samo’ga, qilmagin ham inkor,
Sen tanla shu yo‘lni, bo‘lsa ko‘ngling bedor.
Nafsing hali o‘lmay, seni qilsa bezor,
Qil ro‘za-namoz, boshqasidan kech zinhor.
13
Darvesh darayu tog‘ aro manzil tutadi,
Har lahza bu joydan sheru yo‘lbars o‘gadi.
Bor safda ulug‘ pir-u, sara mardlarimiz,
Kim bizga g‘animdir — uni o‘lim kutadi.
14
Bizning safimizga kir-u, mutloq qo‘rqma,
Bo‘l ostonamiz ostida tuproq — qo‘rqma,
Qo‘zg‘olsa sening qasdishta gar jumla jahon,
Sen izla najot bizdan-u, har choq qo‘rqma!
15
Bir yurtki, butun tuprog‘i anbarsoro,
Tong qotg‘usi ko‘rsa uni Xisrav, Doro.
Er yuzini uch marta kezib chiqdim men,
Bildim: latifu sharif zamin — Buxoro!
Ergash Ochilov tarjimalari
Hazrat Xojai Jahon she’rlari
Hazrati Xojai Jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy she’rlar, inchunin, ruboiy, qit’alar yozganlaridan ko‘pchilik bexabar. Darvoqe, buyuk avliyolar, ulug‘ shayxlarning ko‘pi she’rlar ijod qilgani sir emas. Ular she’r vositasida muridlari, shogirdlarini tarbiya qilgan. Chunki she’r.inson botinini, qalbini o‘zgartiradi, inson ruhiyatiga ta’sir qiladi.
Hazrat Ali r.a, Boyazid Bastomiy, Mansur Halloj, Shayx Abusaid Abdulxayr, Bahouddin Naqshband, Xoja Ali ar Rometaniy, Maxdumi A’zam va boshqa pirlar shu bois she’r yozgan.
Xojai Jahon she’rlari ezgulik, poklik, halollikka da’vat. Ushbu pandu nasihatlar XXI asrda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Ushbu pandu nasihatlarga amal etgan zot shak shubhasiz komil inson bo‘lajak.
Biz quyida Xojai Jahon asarlarini ham asliyatda, ham tarjimada (tarjimon S.S.Buxoriy) beryapmiz:
1. Gar dar dilat az kase shikoyat boshad,
Dardi dili tu az o‘ bag‘oyat boshad,
Zinhor ba intiqom mashg‘ul mashav,
Badro badii xesh kifoyat boshad.
Gar senga birovdan shikoyat bordur,
Dardi diling undin bag‘oyat bordur,
Yomonligi o‘zi yomonga jazo,
Intiqom olmoqqa na hojat bordur.
2. Chun meguzarad umr kam ozori beh,
Chun medihad dast nako‘kori beh.
Chun kishtai xud ba dasti xud medaravi,
Tuxme ki nako‘tar ast agar kori beh.
Umring o‘tadur kam ozorlik beh,
Qo‘ldan keladur nako‘korlikbeh.
Har neki ekding shuni o‘rgaysen,
Ekkil sara urug‘ xushyorlik beh.
3. 3-on boda naxurdam, ki xushyor shavam,
V-on mast nayam, ki boz bedor shavam.
Yak jomi tajalli jamoli Tu bosham,
To az adami vujud bezor shavam.
Ul bodadin ichmadim ki xushyor bo‘lsam,
Mast bo‘lmadim ki boz bedor bo‘lsam.
Jamoling tajalliysig‘a bo‘lsaydim jom,
Toki bu vujuddin tamom bezor bo‘lsam.
4. Az xislati bad agar muhazzab boshi,
Bo xalqi jahon jumla muaddab boshi.
Bo neku badi jahon ba rahmat mebosh,
To nazdi Xudo abdi mukarrab boshi.
Gar bad xislatdan muhazzab bo‘lajaksan,
Jahon xalqi ichra muaddab bo‘lajaksan.
Yaxshi yu yomonga birday raxmat la nazar sol,
Alloh nazdida abdi muqarrab bo‘lajaksan.
5. Bar do‘st muborakam, bar dushman shum
Dar jang chu ohanam, dar sulh chu mum.
Sarchashmay nur G‘ijduvon manzili most,
Man tig‘i duro‘ya mezanam to dari Rum.
Do‘stta muborakman, dushmanlarga shum,
Jangda temirdirman, sulxdamisli mum.
Sarchashmainur G‘ijduvon manzilam,
Xanjarmanu tig‘im kesolgay to Rum.
b. Inkor makun samo’vu maqbul mador,
Ilo zi kase, ki zindadil boshad yor.
Gar nafsi tu murda nest az shuhratu oz,
Bo savmu salot boshu digar biguzor.
Samo’ni san na qabul, na inkor et,
Neni aytsam, o‘shal ishni zinhor et.
Agar nafsing o‘lmagandur, ogoh bo‘l,
Ro‘za, namoz ila o‘zni hu shyor et.
7. Ey so‘fiy sof, ki kuni mayli samo’,
Hosil zi samo’, chun infoq astu nizo’.
Yo tarki samo’ kun, ki sofi gardi,
Yo on ki hayoti dili xud kun vido’.
Qay so‘fii sof samo’ga moyil bo‘lgay,
Har neki nizo’ samo’dan hosil bo‘lgay,
Yo tarki samo’ et, ki soflik paydo,
Yo inki bori umring zoyil bo‘lgay.
8. Onho ki ba haq musohibat yoftand,
Az xesh badu munosibat yoftand,
Mebosh muroqibeki buzurgoni jahon
In martaba az muroqibat yoftand.
Haq suhbatiga kim musharraf bo‘ldi,
Haqning angarahmatiyu sharaf bo‘ldi.
Muroqabada bo‘lki buyuk iisoplar,
Muroqabadan azizu ashraf bo‘ldi.
9. Ey dil tu ba jonash xon,
Bekomu zabonash xon.
K-on Yor na on, yor ast,
Ki o‘ro bo dahonash xon.
Til sukut et, ey jon gapir,
Bekomu bezabon gapir.
Ul Yor ki boshqa yor erur,
Begapu bedahon gapir.
10. Az shuhrati xesh nafsro dod madeh,
Xudro ba miyoni mardumon yod madeh.
Kam nomu nishon boshudigar dermakun,
Zinhor ki dini xesh barbod madeh.
Shuhrat ila shum nafsingni shod etma,
O‘ zni mardum orasinda ko‘p yod etma.
Kamtarlik et Sen nom chiqaray deb,
Zinhorki diningni barbod etma!
11. Eshon, ki agar zi rohi mursalon boshi,
Dar zohiru botin hamayakson boshi,
Emin mashav zi makri Shayton zinhor,
Boyad, ki zi Haq hamisha tarson boshi
Mursallar yo‘lida shoyon bo‘lgaysen,
Botin, zohirda bir xil, ey jon bo‘lgaysen.
Shayton makridin g‘ofil bo‘lma aslo,
Haq qahridin doim tarson bo‘lgaysen.
12. Sattori hama uyub boyad budan,
G‘amxori hama qulub boyad budan.
Gar dar talabi rizoyi Xoliq bashi,
Bo xalq ba xulqi xub boyad budan.
Ayblarni yopguvchi satgor bo‘lgaysen,
Qalblarni topguvchi g‘amxor bo‘lgaysen.
Alloh rizoligin topay desang, ey do‘st!
El birla adabda xushyor bo‘lgaysen.
13. Ey dil, biguzar zi shodmoni jahon,
Paydost chi xezad zy javonii jahon.
Ro‘zeyu shabe biboyad rehlat kardan,
Mag‘rur mashav zi zindagonii jahon.
Ey dil, dunyo shodmonligidin o‘tgaysen,
Mag‘rur bo‘lma, javonligidin o‘tgaysen.
Tun kuno‘tibbirkunfanodurumring,
Umring bir on, bir onligidin o‘tgaysen.
14. Ey tolibi haq ba do‘st pardoz mudom,
Dar rohi safo ilm barafro‘z mudom.
Xohiki zi ashobi shuurat xonand,
Taqdiri Xudo shuuri xud soz mudom.
Tolibi haq do‘stga o‘zni oshno ayla,
Ilm birla mudom qalbkngni barno ayla.
Shuuri borlar safidan joy olmoq bo‘lsang,
Haq taqdirini shuuringga jo ayla.
15. Az qahri Xudo xaloskori pesh or.
Az rahmati o‘ umidvori pesh or.
Payvasta miyoni xavf meboshu rajo,
3-in har du tariq haq guzori pesh or.
Tangri qahridin qo‘rqqil zinhor,
Rahmatidin umid uzmagil, ey yor.
Xavfu rajo orasida yashagil,
Shu yo‘l ila bo‘lajaksen xaloskor.
16. Chonam az virdi Tu chunin buvad dush,
Munisam to ro‘z parvin buvad do‘sh.
Nolai man to ba vaqti subhidam,
«Yo g‘iyosal mustag‘sin», buvaddo‘sh.
Jonim virdingdin chunin bo‘lgaydur,
Munisim tonggacha parvin bo‘lgaydur.
Ohu nolam to subhidamgacha:
«Yo g‘iyosal mustag‘sin!» bo‘lgaydur.
17. In gavhari ishq xud zi koni zikr ast,
Manzilgohi oshiqoni jahoni zikr ast.
V-on murg‘e ki donaye zi domi tu xo‘rd,
Berun zi du kavn dar jahoni zikr ast.
Ishqu muhabbat gavhari zikr konidandur,
Oshiqlar manzili bari zikr konidandur.
Ul qushki domingdan oddi yu dona, bo‘ldi
Ikki olam sarvari zikrkonidandur.
18. Pokizahisol boshi andar hamahol,
Ki zi xislati pokiza ki shud ahli kamol.
Behtar zi rozigii haq chi yobad banda?
Rozi ast Xudo az mardi pokiza hisol.
Pokiza axloq bo‘l har vakt, hama hol,
Pokizaxislatizot ahlikamol.
Haqning rizosidin ne bor ortiqroq?
Haq rozidir bo‘lsang pokiza xisol.
19. Bo badon manishin, ki suhbati bad
Garchi poki turo palid kunad.
Oftobro badin buzurgiyash,
Zarraye abr nopadid kunad.
Yomon bilai suhbat etma hech,
Alar noming bulg‘ab ketolgay.
Qara, ulkan kuyosh nurini
Parcha bulut xira etolgay.
Sadriddin Salim Buxoriy tarjimalari