Muhammad ibn Najib Baqron
12-13 asr

TARJIMAI HOL

Muhammad ibn Najib BaqronTusa (hozirgi Eron) shahrida tavallud topgan XII-XIII asr olimidir.
Uning asosiy ilmiy ishlari Nishopur shahri va Xorazmshoh Anushtegin Jurjoniy davlati bilan bog‘liq.
“Jahonnoma” - dunyo xaritasi sanalib, Najib Baqron tomonidan fors tilida yozilgan asar hisoblanadi.
Dunyo xaritasi Najib Baqrondan Muhammad Xorazmshoh hukmdoriga hadya sifatida taqdim etiladi. Ushbu xarita bugungi kunda saqlanmagan, faqatgina sharhda keltirilishicha, “Jahonnoma” deb yuritiladi. Bu xaritaning yana bir afzalligi gradus tarmog‘i (parallel va meridian chizig‘i), shuningdek, davlat chegaralari ko‘rsatib o‘tilgan. “Jahonnoma”da 600 dan ortiq jo‘g‘rofik obyektlarning nomlari qayd etilgan. “Jahonnoma” odamlar yashaydigan Yer, dengiz, ko‘l, daryo, tog‘, sahrolar va foydali qazilmalar va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Najib Baqronning “Jahonnoma”si rus tiliga tarjima qilingan va Moskvada 1964 yili nashr etilgan.

FILIMLAR
AUDIOLAVHALAR
FOTOGALAREYA
ELEKTRON KITOBLAR NUSXASI