MAQOLALAR
Abdulla Avloniyning maʼnaviy merosi

      Abdulla Avloniy (1875-1919) – XIX asr oxiri - XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida dunyoga keldi.

                                                         

      1895 yildan “Qobil”, “Shuhrat”, “Hijron”, “Avloniy”, “Surayyo”, “Abulfayz”, “Indamas” taxalluslari bilan sheʼr, hikoya, felyeton va kichik hajmli dramatik asarlarini yaratgan.

      1912-1913 yillarda “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yoxud axloq” kabi darsliklarini yaratgan.

      1913 yilda “Turon” teatr truppasini tashkil etgan.

      1917 yilgacha Toshkentda “Shuhrat”, “Osiyo” kabi gazetalarni tashkil etgan.

      “Advokatlik osonmi?”, “Ikki muhabbat”, “To‘y”, “Syezd”, “Layli va Majnun”, “O‘liklar” kabi dramatik asarlarni yozib, ularda jaholat, bidʼat, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo‘pol va yaramas urf-odatlarni fosh etgan.

   A.Avloniyning faoliyati O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida “Avloniy va jadidlarning ijodiy merosi” multimedia loyihasi orqali yoritiladi.