MAQOLALAR
“Tarjimon” gazetasining barcha sonlari Islom sivilizatsiyasi markazidan o‘rin oladi

  “Tarjimon” gazetasi Turk dunyosini birlashtirgan ilk matbuot nashri sifatida 1883-1918 yillarda nashr qilingan va Rossiyaning turkiy tilli aholisi o‘rtasida tarqatilgan. Bolshviklar hukumati talabi bilan 1918 yil fevral oyida gazeta nashri to‘xtatilgan.

  Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan medialoyihaga ko‘ra, ushbu gazetaning barcha sonlari elektron nusxasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga keltiriladi.

1907 yil 8 oktyabr (yangi hisobda 21 oktyabr) kuni Vatanimizda Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Kattaqo‘rg‘on shaharlarida qattiq yer silkinishi kuzatilgan. Aynan shu kuni zilzila tufayli Bibixonim masjidining minorasi qulab tushgan.

Bu haqda Qrimning Boqchasaroy shahrda jadidchilik harakatining asoschilaridan biri Ismoil G‘aspirali (1851-1914) bosh muharrirligida chop etilgan “Tarjimon gazetasi sahifalarida o‘qish mumkin. Gazetaning 1907 yil 14 (26) oktyabr kuni bu haqda “Turkistonda zilzila” sarlavhali xabar chop etiladi.

  “...Toshkent. 8 oktaburda saboh soat do‘quzda shiddatli bir zilzila his edildi. Zilzila ikki daqiqa qadar davom aylamishdir.

  Samarqand. Zilzilaning eng shiddatli qismi burada vuquʼ buldi. Bir qach dafʼalar davom etdi. Bir cho‘q binolar, evlar xarob o‘lmishdur. Shahodat jomeʼi yiqilmish va bibi Xonim jameʼining minorasi xarob o‘lmishdur.

 

Ho‘qand. Saboh soat do‘quzi o‘tuz daqiqa kecharoq burada dag‘i do‘rt dafʼa shiddatli zilzila his edildi. Zoyiʼot maʼlum degildir.

  Kattaqo‘rg‘on. Soat do‘quzda shiddatli zilzila vuquʼ bulmishdur. Bir cho‘q xonalar xarob o‘lmish va duvorlar chatmishdur. Zoyiʼot maʼlum degildir”.